Kirkning o‘limi ortidan AQSHda olti amaldor harbiy bazalarga ko‘chib o‘tdi
Olam
−
31 Oktabr 2025 5722 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining olti nafar yuqori martabali amaldori xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z uylaridan Vashington yaqinidagi harbiy bazalarga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “The Atlantic” manbalarga tayanib xabar berdi.
Bu harakatga Tramp siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari, amaldorlar va ularning oilalariga tahdidlar, siyosiy zo‘ravonliklar, jumladan, faol Charli Kirkning o‘ldirilishi sabab bo‘lgan. Nashrning yozishicha, harbiy bazalarda fuqarolik amaldorlari AQSH Qurolli kuchlari himoyasiga tayanishi mumkin.
Davlat kotibi Marko Rubio, Pentagon rahbari Pit Xegset, Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem, Armiya vaziri Deniyel Driskoll, shuningdek, Trampning ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiven Miller va uning rafiqasi, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) vakili Keti harbiy bazalarga ko‘chib o‘tgan.
Nashr boshqa amaldorni ham tilga olgan, biroq uning ismini “aniq tashqi tahdid bilan bog‘liq xavfsizlik nuqtai nazaridan” ochiqlamagan. Kirk o‘ldirilganidan keyin u harbiy bazaga ko‘chib o‘tdi. Xavfsizlik xodimlari unga shunday qilishni qat’iy tavsiya qildi.
Shu bilan birga, Prezident ma’muriyati xodimlarining boshqa joyga ko‘chirilishi ham yuqori lavozimli ofitserlar, ham boshqa mansabdor shaxslar uchun bazaviy uy-joy bilan ta’minlanishida jiddiy muammo tug‘dirdi. Masalan, “The Atlantic”dagi manbalardan biriga ko‘ra, Fort McNair'da Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard uchun joy yetarli emas edi.
Jurnalistlarning qayd etishicha, avvalgi Prezident ma’muriyatlarida faqat bir necha amaldorlar harbiy bazalarda yashagan.
“Ba’zi yuqori martabali amaldorlar o‘zlarini jamoatchilikdan uzoqlashish zarurligini his qilishi Tramp ma’muriyatining o‘zi hissa qo‘shgan millat qutblanishining dahshatli belgisidir”, deyiladi xabarda.