AQSH MDH hududidagi harbiy-biologik xavfsizlikka tahdid solmoqda – Lavrov 

Olam

doc_2023-04-14_16-03-16

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqanddagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida AQSH va uning ittifoqchilari MDH hududidagi harbiy-biologik faoliyat xavfsizligiga tahdid solayotganini iddao qildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi

Qayd etilishicha, Lavrov yig‘ilish davomida AQSH va uning ittifoqchilarini bir necha bor eslab o‘tgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri AQSH va Yevropa Ittifoqining tahdidlariga qaramay, MDH savdo hajmi o‘sib borayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, u G‘arb Afg‘onistondagi terrorchilar faoliyatiga yo‘l qo‘yishini aytib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya bilan AQSH uzoq yillar davomida Ukrainada harbiy-biologik faoliyat olib borganini ham da’vo qilgan edi. Avvalroq Ukraina Italiyadan Rossiyaga qarshi urushda foydalanish uchun kimyoviy va yadroviy qurollardan himoya vositalarini so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Lavrov harbiy-biologik faoliyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing