Ukraina Italiyadan yadroviy va kimyoviy qurollardan himoya vositalari so‘radi
Olam
−
17 fevral 2023 5794 1 daqiqa
Kecha, 16 fevral kuni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto Ukraina Italiyadan harbiy yordam sifatida tanklar emas, balki yadroviy va kimyoviy qurollardan himoya vostilarini so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda “Metoweb” nashri xabar berdi.
Vazir Gvido Krozettoga ko‘ra, Ukrainadan ushbu so‘rov bir necha kun oldin kelgan. Shuningdek, u Italiya unga javob sifatida navbatdagi o‘q-dorilar harbiy yordam paketida Ukrainaga jo‘natilishini ta’kidlagan.
“Ukraina Italiyadan yadroviy, biologik va kimyoviy qurollardan himoya qilish vositalarini so‘radi. Biz ularni Ukrainaga fuqarolik yordami, generatorlar, maishiy vositalar bilan birga beramiz. Ular tanklardan ko‘ra ko‘proq tashvishga sabab bo‘ladi. Biz Ukrainaga oltinchi yordam paketini tasdiqladik”, deya ta’kidlagan mudofaa vaziri.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust