AQSH mamlakatdan xitoylik talabalarni chiqarib yuboradi

Olam

image
AQSH Vakillar palatasi uyg‘urlar sabab Xitoyga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi north_east

AQSH Vakillar palatasi uyg‘urlar sabab Xitoyga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari 3 mingga yaqin xitoylik talaba, aspirant va Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XXOA) bilan hamkorlik qiladigan universitetlarga aloqador olimlarni mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkin. Bu haqda “The New York Times“ nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu harakat AQSHda eng ko‘p xorijlik talabalar hisoblangan xitoyliklarni mamlakatga kirishini cheklashga mo‘ljallangan birinchi reja bo‘ladi. Keyini rejalar qanday bo‘lishi hali ma’lum emas. Biroq, bu viza masalasi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Xabar qilinishicha, AQSH hukumati uzoq vaqtdan beri bunday harakatni ko‘rib chiqmoqda. Endi ushbu choralar Pekin tomonidan Gonkongda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashga javoban qo‘llanilishi mumkin. Nashr Xitoyning AQSHga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

AQSH Xitoyning Gonkong milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunini qabul qilish qaroridan norozi. Bu Xitoy avtonom mintaqasidagi erkinlikni buzishi va global moliyaviy markaz rolini xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

Bungacha AQSH 33 ta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalarni kiritgan edi. Uyg‘urlarga zulm o‘tqazganlik va ommaviy qirg‘in qurollarida ishlatilgani ushbu sanksiyalarga sabab bo‘lgan.

Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun

O‘tgan hafta Gonkongda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi yangi qonunni ishlab chiqish to‘g‘risida qaror Pekindagi Xitoy Xalq Xalq Kongressi (eng yuqori qonun chiqaruvchi organ) sessiyasining kun tartibiga qo‘yildi. Shu maqsadda, Xitoy ma’murlari maxsus ma’muriy hududda maxsus xavfsizlik agentliklarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Ushbu qonun G‘arb mamlakatlari va Gonkong oppozitsiyasi tarafdorlarining xavotiriga sabab bo‘ldi. Ular bu yangilikni “bitta mamlakat — ikki tizim“ tamoyilining buzilishi deb hisobladilar, unga ko‘ra Gonkongga ko‘plab demokratik huquq va erkinliklar va yuqori darajadagi avtonomiya kafolatlangan.

Bu qonun shaharning avtonomiya huquqini tugatishi mumkin. Shuning uchun, gonkongliklar bunga qarshi katta namoyish o‘tkazishdi. AQSH Xitoyning bu harakatiga “kuchli“ javob bo‘lishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Gonkong

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing