AQSH mamlakatdan fuqarolarini olib chiqib ketmagan davlatlarni sanksiya bilan qo‘rqitmoqchi
Olam
−
11 aprel 2020
10121AQSH hukumati o‘z fuqarolarini qabul qilishni xohlamayotgan yoki asossiz ravishda kechiktirayotgan mamlakatlarga viza sanksiyalarini qo‘llashni boshlaydi. Tegishli farmonga kecha, 10 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp imzo chekdi. Hujjat matni Oq uy matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.
Qarorda qayd etilishicha, SARS-CoV-2 koronavirusi sababli davom etayotgan pandemiya paytida boshqa mamlakatlar fuqarolarini olib chiqish ishlarini kechiktirishi “amerikaliklar sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradi“. Tramp ma’muriyatida AQSHda qolgan chet elliklar qonun buzuvchi deb hisoblanadi.
Hujjat imzolangandan so‘ng, AQSH Ichki xavfsizlik kotibi ushbu farmonda qayt etilgan talablarni bajarmagan davlatlar ro‘yxatini Davlat kotibiga taqdim etadi. Shundan so‘ng, ushbu davlatlarga yetti kundan kechiktirmay sanksiyalar qo‘llash boshlanadi. Sanksiyalar, AQSH ichki xavfsizlik kotibi fuqarolarni qaytarish bo‘yicha ishlar boshlangani to‘g‘risida Davlat kotibiga xabar berganidan so‘ng to‘xtatiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 501 301 holat aniqlangan. Kasallanganlarning 29 077 nafari sog‘aygan, 18 758 nafari esa vafot etgan
LiveBarchasi