AQSH Kongressida Janni Infantino faoliyati bo‘yicha tergov boshlandi

Sport

image

AQSH Vakillar palatasi a’zosi Jeymi Raskin FIFA prezidenti Janni Infantino faoliyati yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Raskin FIFA’dan tashkilotning AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyati bilan aloqalarga oid hujjatlarni taqdim etishni talab qilgan.

Shuningdek, u FIFA’dan Nyu-Yorkdagi bosh qarorgoh ijaraga olingan davr mobaynida Mayami va Nyu-York ofislariga tashrif buyurgan shaxslar ro‘yxatini ham taqdim etishni so‘ragan.

Raskinning maktubida AQSH Adliya vazirligining jahon futbolidagi korrupsiya ishlari bo‘yicha ayblangan shaxslarga nisbatan ayrim ayblovlarni bekor qilish haqidagi qarori ham tilga olingan. Jumladan, 2015 yilda FIFA’ning 20 nafardan ortiq yuqori lavozimli amaldori va sport marketingi sohasi rahbarlariga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar qayd etilgan.

Maktub so‘ngida Raskin Janni Infantinodan Vakillar palatasi Sud qo‘mitasi majlisida rasmiy ko‘rsatma berishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas FIFA prezidenti Janni Infantinoni keskin tanqid qilib, uning tizimini chiriganligini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing