AQSH KXDRga qarshi sanksiya kiritdi

Olam

image

AQSH KXDR bilan bog‘liq sakkiz nafar jismoniy shaxs va ikki tashkilotga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda kecha, 4 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Moliya vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.

“Bugun Moliya vazirligi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi turli noqonuniy sxemalar orqali olingan KXDR daromadlarini yuvishda ishtirok etgan sakkiz jismoniy va ikki yuridik shaxsga qarshi sanksiyalar kiritdi”, deyiladi xabarda. 

Vazirlikka ko‘ra, sanksiyalarga tushgan shaxslar va kompaniyalar kiberjinoyatlar va firibgarlik bilan shug‘ullangan va “KXDR yadroviy dasturini moliyalashtirishga yordam bergan”.

“KXDR qurollarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar AQSH va butun dunyo xavfsizligi uchun bevosita tahdid hisoblanadi. Moliya vazirligi bunday shaxslar va tashkilotlarning faoliyatini to‘xtatishga intiladi”, degan AQSH Moliya vaziri o‘rinbosari Jon Herli. 

Oldinroq ham AQSH Rossiya, KXDR va Xitoydan ikki shaxs va ikki kompaniyaga sanksiyalar kiritgan edi. Ular kiberfiribgarlikda ishtirok etganlikda ayblangan. Ro‘yxatga Rossiyalik Vitaliy Andreyev, KXDR fuqarosi Kim Un Sun, shuningdek, Korea Sinjin Trading Corporation va Shenyang Geumpungri Network Technology kompaniyalari kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatga nisbatan sanksiyalar yog‘dirilayotgan bir paytda Shimoliy Koreya emin-erkin o‘zining yangi qurollarini sinovdan o‘tkazib, dunyo liderlariga ko‘z-ko‘z qilmoqda. Masalan, 28 oktyabr kuni Shimoliy Koreya suvlarida dengizdan quruqlikka strategik qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazish amalga oshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sanktsiya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing