AQSH “xitoyparast” JSST bilan munosabatlarini butunlay uzdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) zarur islohotlarni amalga oshirishdan bosh tortdi. Shu sabab Vashington ushbu tashkilot bilan barcha aloqalarni uzdi. Bu haqda kecha, 29 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

"Ular kerakli islohotlarni amalga oshira olmaganliklari sababli, bugun biz Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan aloqalarimizni uzayapmiz va moliyaviy resurslarimizni dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa dolzarb muammolarga yo‘naltirmoqdamiz", deydi Tramp Oq uydagi nutqida.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar JSSTning islohotlarning batafsil rejasini taqdim etganida, tashkilot ular bilan uchrashishdan bosh tortgan. Tramp, shuningdek, AQSH ilgari JSSTga taxminan 450 million dollar ajratganini, Xitoy esa «atigi» 40 million dollar ajratganini esladi.

Aprel oyida Tramp uning ma’muriyati JSSTni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi. Vashingtonda esa koronavirus pandemiyasi bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti inqirozga qanday munosabatda bo‘lganligini o‘rganmoqda. Xususan, AQSH Prezidenti ushbu tashkilotni "xitoyparast" deb atadi.

Keyinchalik Tramp, JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesusga xat yozib, unda tashkilot keyingi 30 kun ichida o‘z ishida "sezilarli yaxshilanishlarni" o‘z zimmasiga olmasa, keskin chora-tadbirlar to‘g‘risida ogohlantirgan. Prezident o‘z maktubida JSST koronavirusning turli ogohlantirish belgilarini o‘tkazib yuborgan yoki e’tiborsiz qoldirganini va Xitoyga nisbatan pozitsiyasini tanqid qilgan bir qator ayblovlarni ilgari surgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh JSST Donal'd Tramp

Baholaganlar

229

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing