AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish niyatida. 

"Shimoliy Koreyaning ballistik raketa dasturlari xorijda ishlab chiqarilgan materiallar va butlovchi qismlarga tayanadi va Pxenyan bu materiallar va butlovchi qismlarni sotib olish uchun xorijiy agentlarning keng tarmog‘idan foydalanadi", deyiladi AQSH Moliya vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQSHga sanksiya kiritgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made