AQSH Xitoyga 72 soat muhlat berdi

Olam

image

AQSH Xitoyga 72 soat ichida Xyustondagi (Texas) Bosh konsulxnasini yopishni talab qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar tarqatdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlari oxirgi vaqtlarda yaxshi emasligi to‘g‘ri. Ammo Amerika dabdurustdan  nega bunday talab qo‘ygani hozircha noma’lum.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSH Xyustondagi konsulxonani yopishni talab qilganini tasdiqladi. Mamlakat bu talabni bekor qilishni talab qilyapti.

Avvalroq, AQSH Xitoyga qarshilik ko‘rsatish uchun xalqaro koalitsiya tuzish tashabbusi bilan chiqqandi. Bu tashabbusni Buyuk Britaniya qo‘llab-quvvatlashi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

konsulxona AQSh-Xitoy

Baholaganlar

5567

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing