AQSH Xitoy tahdidiga qarshi yangi tashkilot tuzmoqchi

Olam

image

AQSHda Xitoydan kelib chiqadigan tahdidlar bilan kurashish bo‘yicha markaz yaratiladi. Bu haqda mamlakat Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns e’lon qildi. 

Ta’kidlanishicha, yangi muassasa nomi “Xitoy bilan bog‘liq missiya markazi” bo‘ladi. Markaziy razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, u idoraning barcha sohalariga “ta’sir ko‘rsatadigan” Xitoy Xalq Respublikasining global tahdidiga javob berishi kerak bo‘ladi. 

Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘iga ko‘ra, tahdid xalqdan emas, Xitoy hukumatidan keladi. Berns AQSHga boshqa davlatlarning “tahdidlari” haqida ham gapirgan. 

“Markaziy razvedka boshqarmasi boshqa muhim tahdidlarga, shu jumladan provokator Shimoliy Koreyaga, tajovuzkor Rossiyaga, dushman Eronga va terrorizmga qarshi kurashga jiddiy e’tibor qaratishda davom etadi”, deyilgan agentlik bayonotida. 

Avvalroq, AQSH va Xitoy joriy yil oxirigacha ikki tomonlama sammit o‘tkazish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing