AQSH Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar ishlab chiqmoqda – WSJ

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoyning ayrim banklarini global moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda noma’lum manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Pekinni "Rossiya harbiy sanoatiga savdo yordamini to‘xtatishga" majburlashga umid qilmoqda.

“Xitoy banklari Rossiyaga tijorat eksportida asosiy vositachi bo‘lib xizmat qiladi, to‘lovlarni amalga oshiradi va mijoz kompaniyalarga savdo operatsiyalari uchun kreditlar beradi”, deya ta’kidlaydi nashr.

So‘nggi haftalarda Vashington Pekinga shaxsiy uchrashuvlar va qo‘ng‘iroqlar orqali bosimni kuchaytirib, AQSH Xitoy banklariga qarshi chora ko‘rishga tayyorligidan ogohlantirgan. WSJ suhbatdoshlariga ko‘ra, Vashington diplomatik bosim Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi "mo‘rt sulhni buzishi mumkin bo‘lgan" sanksiyalar qo‘llanilishidan qochishiga umid qilmoqda.

Shu bilan birga, agar diplomatik usullar Pekinni Rossiyaga eksportini cheklashga ko‘ndira olmasa, banklarga qarshi sanksiyalar qo‘llash “eskalatsiya varianti”dir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 24-26 aprel kunlari Xitoyga tashrif buyurishini xabar qilingandi. “Financial Times”ning yozishicha,  Blinken Pekinni Moskvaga harbiy yordam va ikki tomonlama texnologiyalarni yetkazib berishni to‘xtatmasa, Oq uy tomonidan jazolanishidan ogohlantirmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing