AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish ishlari boshlandi
Olam
−
30 aprel 2021
6470AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi o‘rinbosari Karin Jan-Per ma’lum qilgan.
"Qo‘shinlarni olib chiqish ishlari ketmoqda. O‘tgan hafta Pentagon rahbari Lloyd Ostin Qurolli Kuchlar Markaziy qo‘mondonligining AQSH kuchlarini Afg‘onistondan xavfsiz va tasdiqlangan ravishda olib chiqilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi iltimosini ma’qulladi", degan u.
Matbuot kotibi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, AQSH kuchlari va koalitsiya kuchlari chiqib ketayotganda ularni himoya qilish uchun Markaziy qo‘mondonlikning zonasida B-52H Stratofortress strategik bombardimonchilari joylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Dwight Eisenhower yadroviy samolyot tashuvchisi hozirgi missiyasini davom ettiradi va uni iyul oyida yakunlaydi.
Bundan tashqari, Jan-Perning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ma’muriyati shu yil 11 sentyabrgacha butun Amerika kontingentining Afg‘onistondan olib chiqilishiga va’da bergan.
""Potensial dushmanlar" shuni bilishlari kerakki, qo‘shinlarni olib chiqib ketish paytida Amerikaga hujum uyushtirilgan taqdirda, biz o‘zimizni va sheriklarimizni barcha vositalardan foydalangan holda himoya qilamiz", degan Jan-Per.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi.
14 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boshlab mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 11 sentyabrgacha yakunlanishi kerak.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr