AQSH qo‘shinlari ketsa, Afg‘onistonda urush boshlanadimi? G‘ani nimadan qo‘rqishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani AQSH qo‘shinlari chiqarilgandan so‘ng mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Spiegel” nashri xabar bergan.  

“Fuqarolar urushi boshlanishi ehtimoli mavjud. Ammo bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, degan Prezident. 

Shuningdek, G‘ani 2014 yildan so‘ng, NATOning mamlakatdagi jangovar missiyasi o‘quv missiyasiga aylantirilgach, ko‘pchilik bunda “respublikaning tanazzulga uchrashi”ni ko‘rganini qo‘shimcha qilgan. 

“Ammo biz bunga erishdik. Hammasi qanday hikoya qilish bilan bog‘liq: odamlar beqarorlik ssenariysi to‘g‘risida qanchalik ko‘p gapirsa, biz shunchalik ko‘p zo‘ravonlikka duch kelamiz”, degan G‘ani. 

Avvalroq, AQSH qo‘mondonligi ushbu haftada Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida joylashgan yirik havo kuchlari bazasidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgani haqida xabar bergandik.  

Eslatib o‘tamiz, AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ishlarini boshlab yuborgan.    

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi. 

14 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boshlab mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 11 sentyabrgacha yakunlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

403

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing