AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni muddatidan oldin tark etadi — OAV 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH askarlari va ularning NATOdagi ittifoqchilari Afg‘onistonni joriy yilning iyul oyida, Prezident Jozef Bayden tomonidan belgilangan 11 sentyabr kunidan oldin tark etmoqchi. Bu haqda “The New York Times” xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Pentagon hali ham Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin “Al-Qoida” kabi tashkilotlarning terroristik tahdidlariga qarshi qanday kurashishini aniqlab olmagan. 

Shuningdek, Pentagon Amerika qo‘shinlarini yaqin mamlakatlarga ko‘chirish uchun ittifoqchilarning roziligini olmagan. 

Avvalroq, Xitoy Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi mamlakatdagi vaziyatning normallashishiga hissa qo‘shmasligini, aksincha, mintaqadagi barqarorlikka salbiy ta’sir qilishini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida AQSH Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish ishlarini boshlab yubordi.   

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi. 

14 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSHning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boshlab mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 11 sentyabrgacha yakunlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing