AQSH Qizil dengizda husiylarning dronlarini urib tushirdi
Olam
−
23 noyabr 2023
3782AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining “Thomas Hudner” esminetsi Qizil dengiz ustida Yamandagi husiylar harakati nazorati ostidagi hududlardan uchirilgan ko‘p sonli kamikadze dronlarini urib tushirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati xabar berdi.
“Dronlar kema Qizil dengizda patrullik qilayotganda urib tushirildi”, deyiladi CENTCOM bayonotida.
Markaziy qo‘mondonlik Amerika esminetsi hech qanday zarar ko‘rmaganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, husiylar 31 oktyabrdan beri Isroilga raketalar va uchuvchisiz samolyotlar yordamida bir necha bor hujum qilgani haqida xabar qilingandi. 19 noyabr kuni husiylar Qizil dengizda Isroil kemalariga hujum qilish bilan таҳдид qilgan, keyinroq esa Isroilga aloqador tijorat kemasi qo‘lga olingani e’lon qilindi.
LiveBarchasi