AQSH “qizil” davlatlar ro‘yxatini tuzmoqda

Olam

image

AQSH ma’muriyati mamlakat Prezidenti Donald Trampning kecha, 6 mart kuni imzolagan farmoniga muvofiq ba’zi davlatlar fuqarolarining AQSHga kirishini cheklashni rejalashtirmoqda va ular “qizil” ro‘yxatga kiritiladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ushbu cheklovlar quyidagi davlatlarga taalluqli – Kuba, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman. Shuningdek, Afg‘oniston ham ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Mazkur davlatlar “qizil” ro‘yxatga kiritilib, ularning fuqarolariga AQSHga kirish to‘liq taqiqlanadi. Bundan tashqari, “sariq” ro‘yxatdagi davlatlarga o‘zlarining pasport berish qoidalari va sayohatchilar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish kabi AQSH talablarini bajarish uchun 60 kunlik muddat beriladi. Agar bu talablar bajarilmasa, ushbu davlatlar ham “qizil“ yoki “to‘q sariq” toifaga o‘tkazilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Tramp 2017 yil ilk prezidentlik davrida “Millatni chet el terrorchilarining AQSHga kirishidan himoya qilish” nomli farmonni imzolagan edi. Bu farmon ba’zi musulmon davlatlari fuqarolarining AQSHga kirishini vaqtincha to‘xtatgan edi.

Shuningdek, AQSH Davlat departamenti tomonidan “terrorizmga homiy davlatlar” ro‘yxati yuritiladi. Joriy yil boshiga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda Suriya, Kuba, Eron va Shimoliy Koreya mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Tramp ikkinchi muddatga saylanib, joriy yil yanvar oyida inaugratsi qilgan kuniyoq noqonuniy migrantlarga qarshi kurashtshni nazarda tutuvchi farmon imzoladi. Shundan so‘ng, bir qancha mamlakat fuqarolari, jumladan, o‘zbekistonliklar AQSHdan deportatsiya qilindi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing