AQSH Isroilga 2 ming askardan iborat dengiz piyodasini yuboradi – CNN

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi Isroil qirg‘oqlariga ikki ming nafar dengiz piyoda askarlarining tezkor kuchlarini yuborishga qaror qildi. Bu haqda manbalariga tayanib, CNN xabar berdi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, dengiz piyodalari Isroildagi AQSH armiyasining harbiy quvvatini oshiradi, ular tarkibiga avvalroq mintaqaga yuborilgan USS Jerald R.Ford va USS Eisenhower samolyot tashuvchilari ham kiradi.

Qayd etilishicha, ushbu harakatlardan maqsad Isroilni qo‘llab-quvvatlash va Eronga to‘xtatuvchi signal yuborish orqali mojaroning ehtimoliy kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Dengiz piyodalari qayerda joylashtirilishi ma’lum qilinmagan, biroq ular Isroilning janubiy qirg‘oqlaridagi Qizil dengiz hududiga yuborilsa, AQSH qo‘shinlari mamlakatning ikki qirg‘oq chizig‘iga yaqin bo‘ladi.

AQSH Mudofaa vazirligi veb-saytida e’lon qilingan bayonotdan kelib chiqqan holda, Qo‘shma Shtatlar Isroilni keyingi hujumlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani olishini ta’minlashga intilmoqda.

“Biz Isroilning havo mudofaasi, aniq boshqariladigan o‘q-dorilar, artilleriya va tibbiy yordamni o‘z ichiga olgan ehtiyojlarini qondirish uchun ishlayapmiz”, deydi Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaqin Sharq uchun operativ mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) mintaqaga F-15E Strike Eagle qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari yetib kelganini e’lon qilgandi. Shuningdek, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Pentagon rahbari Lloyd Ostin Isroilga borgandi.  U yerda Blinken agar boshqa davlatlar yoki terrorchilar Isroilga hujum qilsa, AQSH Isroilni himoya qilishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil dengiz piyodasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing