AQSH Isroilga 12 mingta havo bombasi yetkazib beradi
Olam
−
10:36 1259 1 daqiqa
AQSH Isroilga 12 ming dona havo bombasini sotishini ma’qulladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yetkazib beriladigan qurollarning umumiy qiymati 151,8 million dollarni tashkil etadi. Qaror xorijiy harbiy savdo dasturi orqali amalga oshiriladi.
Isroil so‘ragan harbiy yuk tarkibiga og‘irligi 1000 funt (taxminan 454 kilogramm) bo‘lgan BLU-110A/B turidagi umumiy maqsadli bomba korpuslari kiradi. Ular zarur yordamchi uskunalar bilan birga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, mazkur qaror Isroil va AQSH Eron bilan bog‘liq keskinlik fonida harbiy hamkorlikni davom ettirayotgan bir paytda qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa armiyasi Tehron yaqinida joylashgan maxfiy “Minzadexey” yadroviy majmuasiga zarba berganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi