AQSH Isroilga 10 mln dollarlik o‘q-dori yetkazib bermoqchi – WSJ
Olam
−
17 fevral
2429Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Falastin-Isroil mojarosida sulh tuzishga chaqirganiga qaramay, Vashington Isroil hukumatiga o‘n million dollarlik turli xil o‘q-dorilar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 16 fevral kuni “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Amerika hukumati Isroilga taxminan 1 ming MK-82 bombasini, shuningdek, KMU-572 yuqori aniqlikdagi to‘plamlari va KMU-572 bombalari uchun sigortalar berishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, kecha, 16 fevral kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasining Respublikachilar va Demokratik partiyalaridan 10 nafar a’zosi Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam ajratish bo‘yicha muqobil qonun loyihasini ishlab chiqqani haqida xabar tarqaldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden garovga olinganlarni ozod qilish uchun Isroil va HAMAS o‘rtasidagi janglarda olti haftalik tanaffus qilishga chaqirgandi.
LiveBarchasi