AQSH Guantanamo qamoqxonasidagi mahbuslarning huquqlarini buzmoqda

Olam

image

Kubadagi Amerikaning Guantanamo qamoqxonasida mahbuslar qiynoqqa solinadi va insonning asosiy ehtiyojlaridan mahrum qilinadi. Bu haqdagi fikrni Londonda joylashgan CAGE inson huquqlari tashkilotining Guantanamo loyihasini amalga oshirish uchun mas’ul yurist Anas Mustafo ma’lum qildi.

Mustafoning so‘zlariga ko‘ra, u Guantanamo qamoqxonasida noma’lum muddatga hibsga olingan shaxslarning advokati bo‘lib ishlaydi. 

U hozirda tashkilot qamoqxonadagi so‘nggi 30 nafar mahbusni ozod qilishga intilayotganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, advokat tashkilot Guantanamo qamoqxonasidagi sobiq mahbuslarni ish bilan ta’minlashini aytib o‘tgan.

“Biz bundan faxrlanamiz. Loyiha direktorlaridan biri 14 yil davomida Guantanamo qamoqxonasida saqlangan sobiq mahbus. Ta’sischilardan biri Hamad al-Abadi tayyorlagan hujjatlar yuzasidan hukumat tomonidan ta’qib qilinmoqda. Guantanamo biz ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan muhim mavzulardan biridir”, deydi Mustafo.

Shu bilan birga, advokat Qo‘shma Shtatlar xalqaro huquqni buzgan holda va sud qarorisiz mahbuslarni Guantanamoda noma’lum muddatga ushlab turganini bildirgan.

“Qo‘shma Shtatlar Guantanamodagi odamlarni aybsiz va sudsiz noqonuniy hibsga oladi. Qiynoqlarning barcha turlari qamoqdagi mahkumlarga nisbatan qo‘llaniladi, jinsiy zo‘ravonlikdan tortib, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikkacha. Qo‘shma Shtatlar mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan shafqatsiz qiynoqlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaslik uchun ularni Latviya, Polsha, Marokash va Misrdagi qamoqxonalarga o‘tkazdi. Ularning aksariyati Senat hisobotidan olib tashlanganiga qaramay, Guantanamoda Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan qiynoqlarning dahshatli tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin”, deydi Mustafo.


Maqola muallifi

Teglar

Kuba Guantanamo mahbuslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made