AQSH Guantanamo qamoqxonasidagi eng keksa mahbusni ozod qiladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Guantanamo qamoqxonasidagi eng keksa mahbus, pokistonlik 73 yoshli Sayfulla Parachaning ozod qilinishini e’lon qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar bergan.  

Erkakning advokati uning mijozi “Al-Qoida” tashkiloti bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilinib hibsga olinganini ma’lum qilgan. Paracha mahbuslarni nazorat qilish komissiyasi tomonidan yana ikki kishi bilan birga oqlangan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHdan kelgan xabarnomada qarorning batafsil asoslari berilmagan, faqat Paracha Amerikaga “doimiy tahdid solmasligi” kerakligi aytilgan. 

Manbaga ko‘ra, Paracha Nyu-Yorkda yashagan va u yerda ko‘chmas mulkka egalik qilgan. Rasmiylar uni 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktda ikki fitnachiga moliyaviy operatsiya o‘tkazishda yordam bergan “Al-Qoida”ning “vositachisi” deb da’vo qilgan. 

Mahkumning o‘zi uning “Al-Qoida” tashkiloti ekanligini bilmaganini aytgan va terrorizmga aloqadorligini rad etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Guantanamo qamoqxonasi AQSH Hukumati tomonidan turli xil jinoyatlar, xususan, terrorizm va dushman tomonida urush olib borishda ayblangan shaxslar uchun lagerdir. U xuddi shu nomdagi shahardan 30 km uzoqlikda joylashgan Guantanamo ko‘rfazidagi (Kuba) AQSH dengiz flotining muddatsiz ijaraga olingan bazasida joylashgan.

Qamoqxona 2002 yilning yanvar oyida AQSH Prezidenti kichik Jorj Bush ma’muriyatining antiterror dasturi doirasida juda xavfli jinoyatchilarni hibsga olish muassasasi sifatida tashkil etilgan.  

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida AQSH Prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati Guantanamo qamoqxonasini yopish jarayonini boshlagan edi. Qamoqxonani yopish to‘g‘risidagi buyruq AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama tomonidan 2009 yil 21 yanvarda imzolangan. Lager bir yil ichida yopilishi kerak edi, ammo farmon bajarilmagan. 2018 yil boshida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Guantanamo qamoqxonasini saqlab qolish to‘g‘risidagi buyruqni imzolagan. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Guantanamo

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing