AQSH Germaniyani “do‘stlar” safidan chiqarmoqda
Olam
−
03 may 3025 1 daqiqa
AQSH Germaniyada uzoq masofali qurollar joylashtirish rejasini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Nashr manbalarga tayanib yozishicha, Vashington Germaniyada Tomahawk raketalari bilan jihozlangan uzoq masofali batalon joylashtirish qarorini qayta baholamoqda. Bu qaror AQSH harbiy kontingentini qisqartirish fonida qabul qilinishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, Germaniyadagi amerikalik harbiylar sonining kamaytirilishi uzoq masofali qurollarni, jumladan Tomahawk raketalarini joylashtirish rejalarini xavf ostiga qo‘ymoqda. Ushbu tizimlar NATOning Rossiyaga nisbatan tiyib turish strategiyasini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan edi.
Qayd etish joiz, AQSH 2024 yil iyul oyida 2026 yilda Germaniya hududida CM-6 va Tomahawk raketalarini “vaqtinchalik” joylashtirishni rejalashtirganini e’lon qilgan. Bundan tashqari, o‘sha paytda hali ishlab chiqish bosqichida bo‘lgan gipertovushli qurollarni ham joylashtirish rejalashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Donald Tramp va Germaniya kansleri Fridrix Mers o‘rtasida Eron bilan urush tufayli yuzaga kelgan kelishmovchilik fonida Germaniyadan 5000 nafar harbiyni olib chiqib ketishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Bundan oldin Tramp Mersni AQSH ishlariga “kamroq aralashishga” va o‘z mamlakati bilan shug‘ullanishga chaqirgan edi.Live
Barchasi