Tramp aytgan Eronga qarshi choralar kuchga kirdi

Olam

image

AQSH Eronning po‘lat va tog‘-kon sanoatidagi 17 ta yetakchi kompaniyasiga sanksiya joriy qildi. Bu haqda AQSH Moliya vaziir Stiven Mnuchin brifing vaqtida aytib o‘tdi.

“Moliya vazirligi Eronning 17 ta metall ishlab chiqaruvchi va tog‘-kon sanoati kompaniyalariga hamda sotish uchun foydalaniladigan kemalariga qarshi sanksiya joriy qildi”, degan Mnuchin.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron Iroqdagi Amerika bazalariga hujum uyushtirgach, bergan ilk bayonotida urush bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Tramp Eronga qarshi urush o‘rniga sanksiyalar bilan iqtisodiy bosimni kuchaytirish samaraliroq ekanini ta’kidlagandi.

Avvalroq, Tramp NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan suhbatda tashkilotning Yaqin Sharqdagi ishtirokini oshirish kerakligini maslahatlashgani va kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya AQSh-Eron

Baholaganlar

724

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing