AQSH Eron zarbalaridan dovdirab qoldi – OAV
Olam
−
08:52 14354 2 daqiqa
Eronning AQSH va Isroil zarbalariga bergan keng ko‘lamli javobi AQSH rahbariyatini hayratda qoldirdi. Bu haqda “Time” nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, ayniqsa AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegset bunday kuchli javobni kutmagan. U urush boshlanishidan oldin zarbalar katta mojaro keltirib chiqarmaydi, deb hisoblagan. Ammo Eron deyarli butun mintaqa bo‘ylab hujumlar boshlaganida, u vaziyat jiddiylashganini tushungan va “bunga tortilib ketganini” anglagan.
Hozir Donald Tramp urushni qanday yakunlash va g‘alaba e’lon qilish yo‘lini izlamoqda. Oq uy rasmiylariga ko‘ra, buning uchun vaqt juda kam qolgan.
Shu bilan birga, Tramp AQSH urushdagi asosiy maqsadlariga deyarli erishganini aytib, yaqin 2–3 hafta ichida yana kuchli zarbalar berilishini bildirgan. Agar Tehron AQSH shartlariga rozi bo‘lmasa, Eronning barcha elektr stansiyalariga kuchli zarba berilishi mumkinligini ham ogohlantirgan.
Eron tomoni esa bu tahdidlarga keskin javob qaytargan. Majid Musavi (Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni) Trampning bayonotlarini “Gollivudcha xayol” deb atab, AQSH o‘z askarlarini xavf ostiga qo‘yayotganini ta’kidlagan va buning oxiri muqarrar o‘lim bilan tugashini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH va Isroil kuchlari Erondagi strategik muhim ko‘prik – Tehron bilan Karaj shaharlarini bog‘lovchi B1 avtomagistralidagi ko‘prikni yo‘q qilganini ma’lum qilgandi. Trampning aytishicha, bu ko‘prik butunlay ishdan chiqqan va endi foydalanilmaydi.
Live
Barchasi