Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

AQSH-Eron muzokaralarining 2-raundi qachon bo‘lishi aytildi

Olam

image

Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi, ikkinchi bosqichi 19 aprel kuni xuddi shu darajada Ummonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.

“Muzokaralarning ikkinchi bosqichi kelasi hafta, shanba kuni bo‘lib o‘tishiga kelishib olindi. Hammasi bir xil darajada Ummonda o‘tkaziladi, ammo joy biroz o‘zgarishi mumkin”, dedi Aroqchi.

Eron TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Eron va AQSH imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga intilmoqda.

“Biz ham, narigi tomon ham befoyda muzokaralar, muzokaralar uchun muzokaralar va vaqtni behuda sarflashni xohlamaymiz. Har ikki tomon imkon qadar tezroq kelishuvga erishmoqchi ekanini tan oldi”, dedi u.

Aroqchining ta’kidlashicha, Ummondagi muzokaralar chog‘ida Eron va AQSH delegatsiyalari vositachilar orqali taxminan to‘rt marta xabar almashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2,5 soat davom etgan muloqot davomida tinch muhit hukm surgan va Vashington vakillaridan hech qanday tahdid bo‘lmagan.

“Endi biz muzokaralarning o‘tgan raundini tahlil qilishimiz, o‘ylab ko‘rishimiz va turli darajadagi maslahatlashuvlar o‘tkazishimiz kerak”, deb qo‘shimcha qildi Eron Tashqi ishlar vaziri.

Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, keyingi uchrashuvda tomonlar “kelajakdagi kelishuvning umumiy asoslarini” muhokama qilishni boshlashlari mumkin.

Ma’lumot uchun, bugun, 12 aprel kuni Ummonda Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyatni hal qilish uchun Eron va AQSH rasmiylari o‘rtasida bilvosita muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Eron delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Amerika tomonidan esa AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff boshchilik qildi. Eron Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tgan va tomonlar muzokaralarni kelasi hafta davom ettirishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Abbos Aroqchi Stiven Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing