AQSH endi Ukraina bo‘yicha uchrashuvlar uchun dunyo bo‘ylab “uchmaydi”

Olam

image

AQSH endi Ukraina bo‘yicha uchrashuvlar uchun dunyo bo‘ylab “uchmaydi”. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Temmi Bryus brifingda ma’lum qildi.

Diplomatning ta’kidlashicha, Vashington Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinch yo‘l bilan kelishuvga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmoqda va endi muzokaralarda vositachilik qilish uchun “birinchi qo‘ng‘iroqda” butun dunyo bo‘ylab uchmaydi.

Davlat kotibi Marko Rubio AQSHning hamkorlik formati o‘zgarishini ochiq aytdi, ammo tinchlikka erishish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash saqlanib qolishini ta’kidladi.

“Biz endi ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lish uchun birinchi chaqiriqdayoq dunyo bo‘ylab sayohat qilish niyatida emasmiz. Hozir aynan ular o‘zlari mojaroga barham berish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surishi va ishlab chiqishlari kerak bo‘lgan payt keldi. “Endi hammasi ularga bog‘liq”, deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Shuningdek, Temmi Bryus mineral resurslar bo‘yicha Vashington-Kiyev kelishuvi Ukraina milliy xavfsizligini mustahkamlashini aytdi. Davlat departamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, kelishuv AQSH va Ukraina o‘rtasidagi sheriklikni, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaydi.

“Bu shunchaki moliyaviy kelishuv emas. Bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqa Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartiradi, bunda ularning [Ukrainaning] do‘sti bor. Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi do‘stingiz bo‘lsa va biz siz bilan va sizning mamlakatingizda ish olib borsak, bu barcha ishtirokchilarning milliy xavfsizligini kuchaytiradi”, deb davom etdi Bryus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda gap qayta tiklash uchun Ukrainaga qayta investitsiya qilingan foyda haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida AQSH Ukrainaga mojaroning tugatilishi bo‘yicha 22 ta aniq shartni taqdim etgani va Kiyev ularni qabul qilganini, Ukraina Rossiya tomonidan amalda nazorat qilinayotgan hududlardan voz kechishga tayyor ekani, biroq bu yuridik jihatdan tan olinmasligini aytgandi

Trampning o‘zi esa 29 aprel kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davom etayotgan hujumlarga qaramay, Ukrainadagi urushni to‘xtatmoqchi ekanini, Putin uni hurmat qilgani uchun butun Ukrainani egallamaganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing