AQSH elchisi, “Toshkent yo‘lbarsi” va Abduhakimov... Boks asoschisi haqida film yaratildi

Sport

image

Kecha, 14 yanvar kuni o‘zbek boks maktabining asoschisi Sidney Jakson xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekistonlik bokschilarning muvaffaqiyatlari zamirida o‘zbek boks maktabi asoschisi, amerikalik murabbiy Sidney Jaksonning xizmatlari katta. Shu bois Turizm va sport vazirligining tashabbusi bilan uning xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratildi.

Filmning ssenariy muallifi va prodyuseri Boris Babayev, rejissyori esa Navruza Biynazova hisoblanadi.

Hujjatli filmda afsonaviy murabbiyning O‘zbekistondagi hayot yo‘li va faoliyatining ko‘plab muhim sahifalari haqida uning qizi, hozir Toshkentda istiqomat qiluvchi Paina Jakson so‘zlab bergan. Shuningdek, filmda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Boboyev, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov, Sidney Jaksonning shogirdlari – boks afsonasi Rufat Risqiyev, Mirsolih Sagatov, Rinat Yusupov va boshqalar ishtirok etgan. 

Shuningdek, tadbirda Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari, Sidney Jaksonning qizi Paina Jakson va uning yaqinlari, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji murabbiy-pedagoglari, o‘zbek boksi faxriylari ishtirok etishdi.

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi, Deniel Rozenblyum esa yig‘ilganlarga videomurojaat shaklida qutlov yo‘lladi.

Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Shaxram G‘iyosov, Murodjon Axmadaliyev, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bektemir Meliqo‘ziyev kabi charm qo‘lqop ustalari o‘zbek boksining yangi avlod yulduzlari sanaladi. Ular erishayotgan yutuqlar zamirida murabbiylarning mashaqqatli va beqiyos mehnatlari yotibdi, deyish mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Boks Jakson Sidney Rozenblyum Abduhakimov

Baholaganlar

171

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing