AQSH elchixonasi Moskvada ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi
Olam
−
08 mart 2024 10138 1 daqiqa
AQSHning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni elchixonaning rasmiy veb-saytida tegishli bayonot e’lon qilindi.
“Elchixona ekstremistlar Moskvadagi yirik tadbirlar, jumladan, konsertlarga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda”, deyiladi xabarda.
Diplomatik missiya mamlakatdagi fuqarolarini keyingi 48 soat davomida "katta yig‘ilishlarga" bormaslikka chaqirdi. Elchixonaning boshqa tavsiyalari orasida “mahalliy ommaviy axborot vositalarida yangiliklarni kuzatib borish” va “tevarak-atrofdagi voqealardan ehtiyot bo‘lish” ham bor.
Amerika elchixonasiga tayanib, xuddi shunday ma’lumotni Britaniya elchixonasi ham e’lon qildi.
Press-reliz e’lon qilinganidan so‘ng, AQSHning Rossiyadagi elchixonasi veb-saytining rus tilidagi versiyasining yangiliklar bo‘limi tegishli bayonot yo‘qolib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 mart kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Lin Treysi Rossiya TIVga chaqirtirilib, jiddiy ogohlantirilgandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr