AQSH doim xatolarini yolg‘on bahonalar bilan berkitadi – Zaxarova

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova AQSHni doimiy ravishda o‘z ayb va xatolarini yolg‘on bahonalar bilan berkitishga urinishda aybladi. U bu haqda "Komsomolskaya pravda" radiosiga bergan intervyusida aytgan. 

“Yillar davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida turli xil hokimiyat kuchlarini to‘plagan bir qator siyosatchilar doimiy ravishda o‘z xatolarini ba’zi tashqi omillar bilan yashirmoqdalar. Yoki provokatsiya sifatida ular muayyan vaziyatlarni keltirib chiqaradilar va keyinchalik ularni tashqi omillar bilan bog‘laydilar. Yo‘l qo‘yilgan xatolar, yashirilgan va ushbu tashqi omillar bilan oqlangan”, deydi Zaxarova radiodagi suhbatda. 

Zaxarova, shuningdek, AQSH bir necha bor Rossiya, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlarini "barcha muammolar" yuzaga kelishida ayblaganini xotirladi. Uning fikricha, Vashington hozirgi vaziyatda ham shunga o‘xshash strategiyani tanlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, Eron AQSHga kuchli intiqom javobini qaytarishini ma’lum qildi va bu yuzasidan 13 ssenariy tuzilganini ochiqladi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Mariya Zaxarova

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing