AQSH deportatsiyaga uchragan muhojirlarga kunlik jarima solmoqchi
Olam
−
09 aprel
1941AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatni tark etish haqida rasmiy buyruq olgan, ammo shunga qaramay qolayotgan xorijliklarga nisbatan jarima qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu haqda ushbu tashabbusga oid hujjatlar bilan tanishgan “Reuters” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, rejalashtirilayotgan jarima miqdori har bir kechiktirilgan kun uchun 998 dollar bo‘ladi. Ushbu jarima oldingi yillardan boshlab hisoblanadi, ya’ni agar kishi besh yil avval mamlakatni tark etish haqida buyruq olingan bo‘lsa, bir million dollargacha jarima hisoblanishi mumkin. Jarimalarni undirish uchun AQSH rasmiylari xorijliklarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni musodara qilishni ham ko‘zlamoqda.
“Reuters”ga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bu choralarda 1996 yilgi qonunga (Chiqib ketmaganlik uchun fuqarolik jarimalari) asoslanmoqda. U qonun Trampning prezidentlikning birinchi muddatida, 2018 yilda ham qo‘llanilgan. Trampdan keyin prezident bo‘lgan Jo Bayden esa bu amaliyotni to‘xtatgan.
AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi matbuot kotibi Trisha Maklaflin bu choralarni tasdiqlagan.
“Mamlakatni tark etish haqida rasmiy buyruqqa bo‘ysunmayotgan xorijliklar yomon oqibatlarga duch keladi. Ular har kechiktirilgan kun uchun 998 dollarlik jarimaga tortiladi”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio AQSH vizasiga da’vogar ayrim shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini tekshirishni va agar ular AQSH yoki Isroilni tanqid qilgan bo‘lsa, mamlakatga kirishini taqiqlash choralarini ko‘rishni buyurgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi