AQSH Davlat kotibi Zelenskiy bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 6 sentyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Zelenskiy bilan urushdagi mavjud vaziyat haqida gaplashish va sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi oldidan o‘zaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Kiyevga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida Blinken dastlab halok bo‘lgan ukrainalik askarlar sharafiga harbiy qabristonga gulchambar qo‘ygan. Uning tashrifi xavfsizlik nuqtai nazaridan oldindan e’lon qilinmagan. Biroq, 5 sentyabr kuni ertalab Kiyev markazida transport harakati qisman to‘sib qo‘yilgan.

“Ukrainaliklarning Nyu-Yorkdagi muhim missiyasi butun dunyo bo‘ylab o‘z ittifoqchilari va hamkorlariga urush ketayotgan joylarda nimalar bo‘layotganini va urushda ularning doimiy yordamiga muhtojligini tushuntirishda davom etishdan iborat. Biz esa ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ushbu global sa’y-harakatlarga yetakchilik qilishda davom etamiz”, degan Blinken jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Blinken Isroil va Falastin rahbarlari bilan gaplashgani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing