AQSH Davlat kotibi Xitoyni fashistlar Germaniyasiga qiyosladi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning Gonkong masalasidagi va’dalarini fashistlar Germaniyasining yevropaliklarga bergan va ustidan chiqmagan va’dalari bilan taqqosladi.

"Shubhasiz, Xitoy Kommunistik partiyasi Buyuk Britaniya bilan kelishuvga binoan o‘z so‘zini buzdi va Gonkong aholisiga va’da qilingan erkinlikni bermadi. Bu xuddi Germaniya Yevropaning qolgan qismiga qarshi chiqqanida berilgan va ustidan chiqilmagan ba’zi va’dalarga o‘xshaydi", dedi Pompeo “The Daily Caller”ga bergan intervyusida. Suhbat matni Davlat departamenti matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

So‘nggi kunlarda AQSH parlamenti Gonkong milliy xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha Vashingtonning yuqori avtonomiyasini bekor qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqqanligi sababli AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoyga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash va Gonkongning maxsus maqomini qaytarib olish bilan tahdid qildi. Xitoy har qanday tanqidni rad etmoqda va Gonkong masalasi faqat uning ichki ishi ekanligini aytmoqda.

AQSH allaqachon o‘tgan yoz va kuzda hukumatga qarshi namoyishlarda Gonkongning maxsus savdo sherigi maqomini qaytarib olish bilan tahdid qilgan edi. Trampning ta’kidlashicha, agar XXR ma’murlari noroziliklarni bostirish uchun zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ysa, bu Vashington-Pekin savdo muzokaralariga ta’sir qilishi mumkin. AQSH senatorlari va amaldorlari Gonkong maqomini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Gonkong Mayk Pompeo

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing