AQSH chegaralarini yopishi hech narsani o‘zgartirmaydi – rossiyalik ekspert
Olam
−
22 aprel 2020
4721AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatga immigratsiyani to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Biroq bu harakat jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar bo‘yicha kengashi dastur direktori Ivan Timofeyev ma’lum qilgan.
“Umuman olganda, ko‘plab davlatlar uchun chegaralarni yopish zarur choradir, shuning uchun Tramp koronavirusni bu uchun bahona sifatida ishlatishi mumkin. Ammo u va respublikachilar uchun yana ikkita muhim narsa bor. Birinchisi - uning America First (Amerika birinchi) shiori. Ikkinchisi, amerikaliklarni ish bilan ta’minlash. Ayniqsa, hozir iqtisodiy muqarrar inqiroz sharoitida ishsizlik ortishi, bo‘sh joylarni ishsiz qolgan AQSH fuqarolari egallashi mumkin”, dedi Timofeyev.
Yana bir jihat AQSH va Meksika chegarasidagi noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq bo‘lib, respublikachilar allaqachon chegarada nazoratni kuchaytirishga harakat qilishgan. Tramp bu vaziyatdan foydalanishi va chegaradagi nazoratni kuchaytirishi mumkin.
“U buni qilishga haqli, Prezident epidemiologik sabablarga ko‘ra, chegaralarni yopmoqda. Ammo AQSH iqtisodiyoti koronavirusdan xalos bo‘lganda, muhojirlar unga kerak bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida biror narsa tubdan o‘zgaradi, deb o‘ylamayman”, dedi u.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 819 164 nafar odam chalindi. 82 973 bemor shifo topgan bo‘lsa, 45 340 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi