AQSH chegarada “aqlli devor” qurmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati janubi-g‘arbiy chegarada yangi “aqlli devor” qurish uchun 4,5 milliard dollarlik shartnomalarni imzoladi. Bu haqda AQSH Bojxona va chegara nazorati xizmati ma’lumotiga tayanib, “Newsmax” telekanali xabar berdi.

“15 sentyabrdan 30 sentyabrgacha xavfsizlikni ta’minlash va Trampning va’dasini amalga oshirish doirasida 370 kilometr to‘siq va 640 kilometr texnologik infratuzilma qurilishi uchun o‘nta shartnoma tuzildi”, deyiladi idora bayonotida. 

Yangi “aqlli devor” tizimi po‘lat va suv to‘siqlarini patrul yo‘llari, yoritish tizimi, kameralar va sensorlar bilan uyg‘unlashtiradi, bu esa chegarani noqonuniy kesib o‘tish urinishlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.

Mazkur loyihalar “Katta chiroyli qonun” doirasida moliyalashtirilgan birinchi ishlar bo‘lib, yaqin oylar ichida yangi shartnomalar ham imzolanishi kutilmoqda.

Tramp inauguratsiya kuniyoq AQSH hududiga noqonuniy muhojirlarning kirib kelishiga darhol chek qo‘yish va millionlab migrantlarni deportatsiya qilish niyatida ekanini bayon qilgan edi. U, shuningdek, mamlakat janubiy chegarasidagi vaziyat bilan bog‘liq tarzda butun AQSH bo‘ylab favqulodda holat rejimini joriy qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni qora rangga bo‘yashni xohlashini ma’lum qilgandi. Prezidentning fikricha, qora rangli devor quyosh ta’sirida juda qizib ketadi va bu migrantlarning devorga chiqish istagini kamaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp aqlli devor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing