Tramp migrantlarga qarshi turish uchun chegara devorini bo‘yatyapti
Olam
−
20 avgust 2025 4479 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni qora rangga bo‘yashni xohlashini ma’lum qildi. Bu haqda AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemga tayanib, “The Hill” xabar berdi.
Noemning so‘zlariga ko‘ra, ishchilar allaqachon devorning ayrim qismlarini qora rangga bo‘yashni boshlagan. U bu buyruq bevosita Tramp tomonidan berilganini qo‘shimcha qilgan. Prezidentning fikricha, qora rangli devor quyosh ta’sirida juda qizib ketadi va bu migrantlarning devorga chiqish istagini kamaytiradi.
“Biz butun chegara devorini qora rangga bo‘yashni rejalashtiryapmiz”, degan vazir.
Qayd etilishicha, Noemning o‘zi ham shaxsan chegaraga borib, devorni qora rangga bo‘yash ishlariga qo‘shilgan. Noemning tashrifi AQSH janubiy chegarasida qo‘lga olishlar soni kamaygan bir paytga to‘g‘ri kelgan.
Nashrning eslatishicha, Tramp devorni qora rangga bo‘yash g‘oyasini o‘zining birinchi prezidentlik muddati davridayoq ilgari surgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning boshida mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga qarshi kurashni boshlagach, ularning soni deyarli bir millionga kamaygani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi