AQSH butun G‘azo aholisini ko‘chirishni rejalashtirmoqda – WP

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida tarqalgan G‘azo sektorining urushdan keyingi rejasi ushbu hududni kamida 10 yil davomida AQSH nazorati ostiga o‘tkazishni nazarda tutadi. Bu vaqt ichida sektor gullab-yashnayotgan turistik kurortga va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish markaziga aylanishi kerak. Bu haqda kecha, 31 avgust kuni muharrirlar ko‘rib chiqqan hujjatga tayanib, “The Washington Post” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 38 sahifalik reja G‘azo sektorining butun ikki million aholisini kamida vaqtincha ko‘chirishni ko‘zda tutadi: yo boshqa mamlakatga “ixtiyoriy” ketish yo‘li bilan yoki tiklanish davrida odamlarni ushbu hududdagi xavfsiz zonalarga joylashtirish orqali. Yer egalariga rekonstruksiya qilish huquqi evaziga raqamli token taklif etiladi.

Qayd etilishicha, ushbu aktiv boshqa joydagi hayotni moliyalashtirish uchun ishlatilishi yoki keyinchalik sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan va tashkil etilgan G‘azo sektoridagi olti-sakkizta “aqlli shahar”dan biridagi kvartiraga almashtirilishi mumkin. Shu bilan birga, ketishga qaror qilgan har bir falastinlikka 5000 dollar naqd pul, shuningdek, to‘rt yillik ijara va bir yillik oziq-ovqat beriladi.

WP ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu reja bo‘yicha G‘azo sektorini rekonstruksiya qilishni boshqaradigan G‘azoni qayta qurish, iqtisodiy jadallashtirish va o‘zgartirish (GREAT Trust) deb nomlangan maqsadli jamg‘arma qisman Isroil va Qo‘shma Shtatlar tomonidan mintaqaga gumanitar yordamni tarqatish uchun tashkil etilgan bahsli G‘azo gumanitar jamg‘armasini ishga tushirgan odamlar tomonidan yaratilgan. Ikki manbaga ko‘ra, G‘azoni rekonstruksiya qilish rejasining asosiy elementlari Donald Trampning hudud haqidagi “Yaqin Sharq Riverasi” qarashini aks ettiradi. Reja davlat va xususiy mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing