AQSH Britaniyaga ultimatum qo‘yishi mumkin

Olam

image

Agar London mudofaa xarajatlarini oshirmasa, AQSH Buyuk Britaniyaga Malvin (Folklend) orollarining kimga tegishliligi masalasidagi o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqish bilan tahdid qilishi mumkin. Bu haqda yuqori martabali amerikalik mulozimga tayanib, “Telegraph” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Vashington rasman betaraf pozitsiyada va arxipelag suverenitetini Buyuk Britaniya yoki Argentinaga tegishli deb tan olmaydi. Shu bilan birga, AQSH orollarning britan tomoni tomonidan amalda boshqarilishini tan oladi.

Qayd etilishicha, Pentagon NATO ittifoqchilarini mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga chaqirmoqda.

Gazeta suhbatdoshining aytishicha, Vashington Buyuk Britaniyaga AQSHning harbiy sohadagi potensial yetakchi hamkori sifatida qaraydi. Biroq London tomonidan joriy yilning iyun oyida e’lon qilingan mudofaaga investitsiyalarni oshirish rejasi hozircha Amerika tomonini to‘liq qoniqtirmayapti.

U ushbu fonda AQSH Folklend orollari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini istisno etmagan.

Ma’lumot uchun, Malvin (Folklend) orollari – Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi. 1982 yilda mamlakatlar o‘rtasida qurolli nizo yuz bergan va unda Argentina mag‘lubiyatga uchragan. 2013 yilda orollar aholisi Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi maqomini yoqlab ovoz bergan (99,8 foiz).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina Birlashgan Qirollikni Malvin (Folklend) orollari ustidan suverenitet masalasini muhokama qilishni qayta boshlashga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing