AQSH boshqa davlatlarni Vashington yoki Pekindan birini tanlashga majburlamaydi – Blinken 

Olam

image

AQSH Fors ko‘rfazi davlatlaridan hamkorlik masalalarida Vashington va Pekin o‘rtasida tanlov qilishini talab qilmaydi. Bu haqda kecha, 8 iyun kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon al-Saud bilan Ar-Riyodda o‘tkazgan matbuot anjumanida aytib so‘z ochdi. 

“Biz juda aniq aytdik: biz hech kimdan Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasida tanlov qilishni so‘ramaganmiz. Shunchaki biz bilan ishlashning afzalliklarini ko‘rsatishga harakat qilmoqdamiz. Men so‘nggi ikki yarim yil va oxirgi bir necha kun ichida Ar-Riyodda bo‘lib turgan hamkorlardan eshitganlarimga ko‘ra, AQSH mintaqadagi aksariyat davlatlar uchun birinchi raqamli tanlov bo‘lib qolmoqda”, degan Blinken. 

Oradan ko‘p o‘tmay, bugun, 9 iyun kuni Xitoy tomoni Blinkenning bayonotiga munosabat bildirgan. Pekin AQSH diplomatik tuzilmalari boshqa davlatlardan AQSH va Xitoy o‘rtasida tanlov qilishni talab qilmasligiga umid qilishini bildirgan.

“Biz AQSHning dunyodagi diplomatik vakolatxonalari Davlat kotibi Blinkenning hech bir davlatdan AQSH va Xitoy o‘rtasida tanlov qilishni so‘ramaslik haqidagi va’dasini bajarishiga umid qilamiz”, degan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington xitoylik kompaniyalarga nisbatan tazyiq o‘tkazishni, ittifoqchilarini Xitoyga chip eksportini cheklashga majburlashni va kam rivojlangan davlatlar uchun “Xitoy qarz tuzog‘i” deb ataladigan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishni bas qilishi kerak.

“Bir paytlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining birinchi prezidenti Jorj Vashington do‘stlikning haqiqiy o‘lchovi so‘zlar emas, balki harakatlardir, deb aytgan edi. Biz AQSH nima deyishiga qiziqamiz, lekin ular nima qilayotganiga ko‘proq e’tibor qaratamiz”, degan xitoylik diplomat.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Vashington Pekin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing