AQSH BMTning gumanitar faoliyatiga 2 mlrd dollar ajratadi

Olam

image

Kecha, 29 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va AQSH hukumati Jenevada o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi. Unga ko‘ra, AQSH BMT boshqaruvidagi gumanitar jamg‘armalarga 2 milliard dollar ajratish majburiyatini oladi. BMT axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv 17 ta davlatda, jumladan Ukraina, Gaiti, Sudan va Suriyada gumanitar yordamni moliyalashtirishni, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarga javob berish markaziy jamg‘armasiga hissa qo‘shishni nazarda tutadi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bu mablag‘lar tashkilotning inson hayotini saqlab qolish, eng zaif qatlamlarga yordam ko‘rsatish va insoniy azob-uqubatlar ko‘lamini kamaytirish imkoniyatlarini kengaytirishini qayd etgan.

“Har bir dollar muhim ahamiyatga ega va biz bu qo‘llab-quvvatlashdan maksimal darajada samarali foydalanib, og‘ir ahvolda qolgan odamlar uchun real natijalarga erishishni maqsad qilganmiz”, deyiladi xabarda.

Global gumanitar inqiroz kuchayib borayotgan bir paytda Antoniu Guterrish barcha donorlarni sa’y-harakatlarni faollashtirishga va gumanitar operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashni oshirishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hozirda Suriya aholisining uchdan ikki qismi – 16 milliondan ortiq kishi gumanitar yordamga muhtoj ekani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BMT gumanitar faoliyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing