Suriya aholisining uchdan ikki qismi gumanitar yordamga muhtoj – BMT
Olam
−
25 dekabr 2025 1006 1 daqiqa
Hozirda Suriya aholisining uchdan ikki qismi – 16 milliondan ortiq kishi gumanitar yordamga muhtoj. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) xabar berdi.
“OCHA ma’lumotiga ko‘ra, Suriyada gumanitar ehtiyoj hanuz nihoyatda yuqori: 16,5 million kishi, ya’ni aholining qariyb uchdan ikki qismi yordamga muhtoj bo‘lib qolmoqda”, deyiladi boshqarma bayonotida.
Ta’lim sohasida ham vaziyat og‘irligicha qolmoqda: 2,5 million bola hanuz maktabga qatnamayapti, maktablarning 40 foizi esa faoliyat yuritmayapti. Shuningdek, Suriya hududining portlovchi moddalar bilan yuqori darajada ifloslangani aholi uchun jiddiy tahdid bo‘lib qolayotgani qayd etilgan.
“Faqat noyabr oyining o‘zida 21 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq kishi jarohat oldi, ularning yarmi bolalar”, deyiladi xabarda.
OCHA bayonotida aytilishicha, boshqarma Halab shahrida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyingi vaziyatni monitoring qilishda davom etmoqda. Mazkur hududda yaqinda bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlar oqibatida bir nechta mahallalar o‘qqa tutilgan, bu esa aholining yana ko‘chib ketishiga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiylari Suriyadagi “Iroq va Shom islom davlati”ga (ISHID) tegishli ob’ektlarga zarbalar bergandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025