AQSH BMT shtab-kvartirasini boshqa joyga ko‘chirishga hech qachon rozi bo‘lmaydi – Nebenzya
Olam
−
05 may 2023
6338Qo‘shma Shtatlar BMT shtab-kvartirasining Nyu-Yorkdan ko‘chirilishiga hech qachon rozi bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Buning uchun BMTga a’zo davlatlarning kamida uchdan ikki qismining roziligi kerak. Bir qator holatlar tufayli shtab-kvartirani ko‘chirishni qo‘llab-quvvatlayotganlarning bunga erishishi juda qiyin”, deydi Nebenzya.
BMTdagi doimiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklarning o‘zlari bunga hech qachon rozi bo‘lmaydi, chunki ular uchun bu ham obro‘, ham boshqa narsalar qatorida tashkilot qabul qiluvchi davlatdagi o‘z vazifalarini suiiste’mol qilish, shuningdek, katta pul imkoniyatidir.
Nebenzyaning qayd etishicha, Nyu-York BMT shtab-kvartirasi shu shtatda joylashgani va bu yerda 193 davlat diplomatlari istiqomat qilayotgani uchun yiliga 5 milliard dollar oladi.
Shuningdek, u AQSH o‘z manfaatlari yo‘lida BMT shtab-kvartirasi joylashgan davlat sifatida o‘z majburiyatlarini bir necha bor buzganini iddao qilgan.
Ma’lumot uchun, Nyu-Yorkdagi ushbu binodan tashqari, BMTning uchta qo‘shimcha mintaqaviy shtab-kvartirasi mavjud: Jeneva (Shveysariya), Venada (Avstriya) va Nayrobi (Keniya). Biroq tashkilotning eng muhim qarorlari Nyu-Yorkda qabul qilinadi, chunki Bosh Assambleya va BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishlarining aksariyati shu yerda o‘tadi.
Umuman olganda, dunyoning 170 ga yaqin davlatidan 61 mingga yaqin xodim BMTning ishchi organlari, agentliklari va markazlarida ishlaydi. Tashkilotning barcha xodimlarining taxminan uchdan bir qismi Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar departamenti direktori Pyotr Ilichev BMT shtab-kvartirasini Nyu-Yorkdan neytralroq nuqtaga, masalan, Jeneva yoki Venaga ko‘chirishni taklif qilgandi. Bunga javoban tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish shtab-kvartiraning qayerda joylashishi yoki yig‘ilishlar qayerda o‘tkazilishi masalasi a’zo davlatlarning qarori ekanini aytgandi
LiveBarchasi