AQSH blokadasi Kubaga 159 mlrd dollar zarar keltirdi

Olam

image

Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya AQSHning mamlakatga qarshi savdo-iqtisodiy embargosi orol iqtisodiyotiga jami 159 mlrd dollar zarar yetkazgan.

Kuba rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, u Kubada akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpusga 2022 yil martidan 2023 yil fevraligacha AQSHning mamlakatga qarshi embargosining oqibatlari haqida hisobot taqdim etgan. 

“Ushbu siyosatning butun davr mobaynida qo‘llanilishi oqibatida to‘plangan zarar 159 milliard dollarni tashkil qilmoqda”, dedi Parrilya.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar 1961 yilda Amerika mulkini milliylashtirishga javoban orol davlati bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.

Bir yil o‘tib (1962 yil 3 fevral) Vashington Kubaga qarshi savdo-iqtisodiy embargo joriy etilganini e’lon qildi. Uni bekor qilish uchun kurash Gavana tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

1992 yildan beri Kuba har yili BMT Bosh Assambleyasiga Amerika embargosini bekor qilish zarurligi haqidagi rezolyutsiya loyihasini taqdim etib keladi. Jahon tashkilotiga a’zo davlatlarning mutlaq ko‘pchiligi hujjatni qo‘llab-quvvatlash uchun doimo ovoz beradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kuba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing