AQSH birinchi xonimi koronavirusga test topshirdi
Olam
−
24 mart 2020
5837AQSH Prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya Trampning koronavirusni aniqlash uchun topshirgan test natijalari salbiy chiqqanini ma’lum qildi.
"U juda zo‘r ish qildi. Salbiy [natija]”, dedi Amerika rahbari.
Avvalroq, Trampning o‘zi joriy yilning 14 mart kuni test sinovidan o‘tgandi. Amerika rahbarining natijalari ham salbiy chiqqandi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 381 293 nafarni tashkil etyapti. 16 572 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 101 344 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi