AQSH bir kunda mingta “oltin karta” sotib, 5 mlrd dollar ishladi

Olam

image

AQSH Savdo vaziri Govard Lutnik bir kun ichida 1 000 ta “oltin karta” sotilganini va bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilganini ma’lum qildi. Bu haqda u “All In” podkastida so‘z ochdi.

Har biri 5 million dollar turadigan “oltin karta” xorijliklarga AQSHda doimiy yashash huquqini beradi. Ushbu karta oddiy grin-kartaning qimmatroq muqobili sifatida taklif qilinmoqda.

“Bunday kartani sotib olgan shaxslar Amerikada yashash huquqiga ega bo‘ladi, agar ular yaxshi odam bo‘lsa va xavfsizlik tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa. Dunyoda 37 million kishi ushbu kartani sotib olishga qodir. Prezident million dona “oltin karta” sotishimiz mumkin deb o‘ylaydi”, deydi Govard Lutnik.

Bungacha Lyutnik 250 ming kishi “oltin karta” sotib olishga qiziqish bildirganini da’vo qilgan. 

Podkast davomida “oltin karta” yoki “Tramp kartasi” qayerdan kelib chiqqani haqida so‘ralganda, Lutnik bu g‘oya Trampga tegishli ekanini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fikr investor Jon Polson bilan uchrashuv chog‘ida paydo bo‘lgan.

Lutnik o‘zining vazifasi Trampning rejasini amalga oshirish bo‘lganini aytib, “men buni qanday qilish kerakligini tushunib yetdim”, deya qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Donald Tramp Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar boy xorijliklarga AQSHda yashash va ishlash huquqini beruvchi hamda Amerika fuqaroligiga yo‘l ochadigan “oltin karta”larni sotishini aytgan edi. “Oltin karta” hukumatning EB-5 immigratsion vizasi dasturi o‘rnini bosadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp “oltin karta”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing