AQSH Belarusdagi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
Olam
−
28 Oktabr 2020
4996Qo‘shma Shtatlar Belarusdagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari va butun dunyo Belarus xalqi bilan birdamdir. Ular shafqatsiz qatag‘onlar oldida ajoyib jasorat va kuch ko‘rsatishdi”, deb yozgan Davlat departamenti vakili.
U Amerika tomoni namoyishchilarning qonuniy intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
Avalroq, Rossiya ayni vaqtda Belarusdan bo‘layotgan vaziyatga boshqalar qatori tomoshabin bo‘lib qolaverishi haqida Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov Belarusdagi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyatda Prezident Aleksandr Lukashenkoga maslahat berishdan bosh tortgan holda aytib o‘tdi.
Joriy yilning 25 oktyabr kuni Belarusdan yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Muxolifat Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib deb bilgan Svetlana Tixanovskaya mamlakatda 26 oktyabr kuni umummilliy ish tashlash boshlanishini e’lon qildi.
LiveBarchasi