AQSH bayrog‘i tushirildi. Amerika Xitoyning talabini bajardi

Olam

Xitoyning Chendu shahridagi AQSH Bosh konsulxonasi yopildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Xitoy tomonining talabi bilan 27 iyul soat 10:00 da AQSHning Chendudagi Bosh konsulxonasi yopildi”, deyiladi idora xabarida.

Xitoy ham AQSHdan o‘rnak olib, diplomatik vakolatxonaga kirgan.

Xitoy OAV konsulxonadagi AQSH bayrog‘i tushirilish tasvirlangan videoni keng tarqatyapti.

AQSH-Xitoy munosabatlari oxirgi vaqtlarda faqatgina salbiy tomonga o‘zgarib boryapti. Amerika Xyustondagi Xitoy konsulxonasini yopib qo‘yishi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.

Xitoy AQSHning bu harakatini xalqaro huquq normasining qo‘pol tarzda buzilishi deb baholadi. Ammo o‘zi ham huddi shunday javob berdi. Ikki davlat munosabati sovuqlashishiga koronavirus infeksiyasining keng tarqalib ketishi ham sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Xitoyning Gonkong muxtoriyati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuni ham munosabatlarning ortga ketishiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

1464

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing