AQSH ayollar ta’limini cheklagan “Tolibon” amaldorlarini jazoladi
Olam
−
13 dekabr 2023
7480AQSH Moliya vazirligi Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishini cheklagani uchun “Tolibon”ning ikki yuqori martabali amaldoriga sanksiya kiritdi. Bu haqda Amerika Moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Cheklovlar “Tolibon”ning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘yicha vaziri Xolid Hanafiy, shuningdek, Afg‘oniston Fanlar akademiyasi rahbari Fariduddin Mahmudga ta’sir ko‘rsatdi.
AQSH Moliya vazirligiga ko‘ra, Fariduddin Mahmud ayollarning ta’lim olishini taqiqlashni qo‘llab-quvvatlaydi va oltinchi sinfdan yuqori qizlar uchun maktab va universitetlarni yopishga qaror qilgan muvaqqat hukumatning bir qismidir.
Erkaklar “Global Magnitskiy qonuni” ostida qolgan.
Tergov hibsxonasida vafot etgan rossiyalik Sergey Magnitskiy nomi bilan atalgan “Global Magnitskiy qonuni” dastlab AQSH rasmiylari tomonidan uning o‘limiga aloqador bo‘lgan Rossiya rasmiylarini jazolashga urinish edi.
2016 yilda qonun global prefiksini oldi va Qo‘shma Shtatlarga butun dunyo bo‘ylab korrupsion amaldorlar va inson huquqlarini buzuvchilarga qarshi viza va moliyaviy cheklovlar joriy etish imkonini berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzay “Tolibon”ning Afg‘onistondagi ayollarga qarshi siyosatini gender aparteid deb atagandi va xalqaro hamjamiyatni buni insoniyatga qarshi jinoyat deb e’lon qilishga chaqirgan.
LiveBarchasi