AQSH asosiy raqobatchisini belgilayapti. Pentagon yangi mudofaa strategiyasini taqdim etdi

Olam

image

Pentagon tomonidan tayyorlangan AQSHning yangi mudofaa strategiyasida Rossiya “o‘tkir tahdid” deb baholandi, biroq u NATOga a’zo mamlakatlarga hujum qilmoqchi emasligi ko‘rsatilgan. Bu haqda CNN’ga hujjatlar mazmuni bilan tanish bo‘lgan Mudofaa vazirligidagi yuqori martabali manbalar ma’lum qildi.

Mudofaa strategiyasida, shuningdek, Xitoy “Qo‘shma Shtatlarga barcha jabhalarda, harbiy, iqtisodiy, texnologik va diplomatik jihatdan tizimli ravishda qarshilik ko‘rsatish niyati va qobiliyati ortib borayotgan yagona raqobatchi” ekanligi ta’kidlangan.

“Birinchi marta biz yadroviy qurol sohasidagi ikkita asosiy raqobatchi – Xitoy va Rossiyani to‘xtatib turishimizga to‘g‘ri keladi”, deydi telekanal manbasi.

U “bu ham strategik tiyib turish, ham mintaqaviy urush uchun yangi muammolarni keltirib chiqarishini” ta’kidladi.

Milliy mudofaa strategiyasi, shuningdek, u bilan chop etilgan “Yadroviy siyosat sharhi” va “Raketalarga qarshi mudofaa sharhi” AQSH hukumati mudofaa va harbiy strategiyalarda qo‘llanma sifatida foydalanadigan siyosiy hujjatlardir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pentagon

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing