AQSH Alyaskaga qo‘shimcha kuch yuboradi – “Politico”

Olam

image

AQSH hukumati Alyaskaga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natmoqda, chunki ular Rossiya va Xitoy mintaqada faollashganiga ishonmoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

“Rossiya va Xitoyning harbiy faolligi ortidan Alyaska qirg‘oqlarida keskinlik kuchaygani sababli AQSH harbiylari Alyaska yaqinida o‘z mavjudligini bosqichma-bosqich oshirib, esminets va uzoq masofali raketa tizimi bilan jihozlangan armiya bo‘linmasini yubormoqda”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, oxirgi bir oy ichida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari kemalariga javoban Alyaska qirg‘oqlariga Sterett  esminetsi joylashtirilgan. AQSH armiyasining bir bo‘linmasi uzoq Alyaska oroliga qo‘ngan va u yerda joylashgan qiruvchi otryad shay holatga keltirilgan. 

Manbaga ko‘ra, Amerika tomoni bu qadamlarni Rossiya va Xitoy kuchlarining harakatlariga javoban qilgan.

Nashr alyaskalik respublikachi senator Den Sallivandan iqtibos keltiradi. Uning fikricha, Rossiya va Xitoy mintaqada tez-tez manyovrlar o‘tkaza boshlagan. Senator AQSH hukumatini Alyaskada harbiy infratuzilmani rivojlantirishga chaqirgan. 

Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi 13 sentyabr kuni Alyaska yaqinida Rossiyaning ikkita harbiy samolyotini kuzatganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ular xalqaro havo hududida qolib, na AQSH, na Kanada havo hududiga kirmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy Alyaska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing